Liverpulliklar futbolchisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi
Avvalroq “Flamengo”da o‘ynagan va 2025 yil qishki transfer oynasida “Everton”ga ijaraga berilgan argentinalik yarim himoyachi Karlos Alkaras ingliz klubi bilan rasman uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Bu haqda «Everton» o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi.
22 yoshli futbolchi bilan kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/