Alkaras Olimpiya o‘yinlarining 1/8 finaliga chiqdi

«Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirlarning to‘rt karra chempioni, dunyoning uchinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik Karlos Alkaras Olimpiya o‘yinlarining 1/8 finaliga chiqdi.

Ikkinchi davra uchrashuvida Alkaras (2) 6:1, 7:6 (7:3) hisobida dunyoning 28-raketkasi, Niderlandiya vakili Tallon Griksporni mag‘lub etdi.

Alkarasning Grikspor bilan uchrashuvi 1 soat 48 daqiqa davom etdi. 

Qayd etish joizki, uchrashuv yakunida Rolan Garrosning amaldagi chempioni (Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilayotgan kortlarda) Alkaras tibbiy tanaffusga olishga majbur bo‘ldi.

2024 yilgi Olimpiadaning chorak finaliga chiqish uchun 21 yoshli Alkaras rossiyalik Roman Sayfullin (dunyoning 66-raketkasi) bilan bahsga kirishadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter