Spaletti: «Inter» mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazdi»
Milanning «Inter» klubi Chempionlar ligasi finalida mag‘lub bo‘lib, bu mavsumda sovrinsiz qoldi, aftidan, rahbariyati buni umuman kutmagandi. Biroq klubning sobiq ustozi Luchano Spaletti klubga dalda berdi. «Inter» mavsumni juda muvaffaqiyatli o‘tkazganini aytdi.
«Mening fikrimcha, «Inter» aql bovar qilmaydigan mavsum o‘tkazdi, ular skudetto uchun oxirigacha kurashdi va o‘zlari ishtirok etgan barcha turnirlarning yuqori bosqichlariga chiqishdi. Ular eng kuchli klublar – «Milan», «Napoli» va «PSJ»ga yutqazishdi. Men bu ishlarga ijobiyroq qarayman», – dedi Spalletti fcinter1908.it bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Spaletti 2017 yildan 2019 yilgacha «Inter» klubini boshqargan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/