«Manchester Siti» ikki futbolchi uchun 115 million yevro sarflamoqchi
«Manchester Siti» «Milan»dan Tijani Reynders va «Lion»dan Rayan Sherki bilan shartnoma imzolamoqchi.
«Shaharliklar» yaqin kunlarda niderlandiyalik futbolchi borasida «rossonerilar» bilan kelishuvga erishishlari kutilmoqda – uning narxi 70 million yevrodan oshadi, deya xabar beradi jurnalist Saymon Mallok.
Shuningdek, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanishidan oldin ingliz grandi fransiyalik futbolchi bilan shartnomani yopishni rejalashtirmoqda.
«Lion» uning uchun 40 million yevrodan ko‘proq pul oladi. Ikki bitimning umumiy qiymati deyarli 115 million yevroni tashkil qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/