«Manchester Siti» Sherki variantini ko‘rib chiqadi
«Lion»ning o‘ng qanot vingeri Rayan Sherki «Manchester Siti» kelasi yozda sotib olishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Bir necha kun oldin futbolchi jamoasini albatta o‘zgartirishini aytgandi. Futbolchiga allaqachon «Liverpul,» «Arsenal» va «Manchester Yunayted» va boshqa ba’zi jamoalar qiziqish bildirgan. Manbaga ko‘ra, fransuzning shartnomasida tovon puli to‘g‘risidagi band mavjud bo‘lib, uning miqdori taxminan 30 million yevroga teng.
Yakunlangan mavsumda Rayan Sherki barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/