«Manchester Siti» jarohatlangan Rodri bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Ispaniyalik futbolchi sentyabrdan maygacha jarohati tufayli maydonga tusha olmagandi.

Yarim himoyachi jarohat olgan bo‘lsa ham «Oltin to‘p»ni oldi. Jurnalist Saymon Mallokning so‘zlariga ko‘ra, agar kutilmagan voqea ro‘y bermasa, Rodri “shaharliklar” bilan 2029 yilgacha amal qiladigan yangi mehnat shartnomasini imzolaydi.

Futbolchining maoshi haftasiga 300 ming funt sterlingdan (355 ming yevro)ga oshadi. Shunday qilib, faqat hujumchi Erling Xoland «Siti»da undan ko‘proq maosh oladi xolos.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter