«Siti» Angliya kubogi finaliga chiqsa, Rodri o‘yinda ishtirok etadimi? Gvardiola javob berdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «shaharliklar» turnirning ushbu bosqichiga yo‘l olsa, yarim himoyachi Rodri Angliya kubogi final o‘yinida ishtirok eta oladimi, degan savolga javob berdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida ispaniyalik futbolchi xochsimon paylarini uzib olgan edi.
«Bilmadim. U biz bilan har kuni mashg‘ulotni o‘tkazadi va hammasini yaxshi bajaradi. Lekin, rostini aytsam, bilmayman. Rodri o‘ynashni xohlaydi, lekin shifokorlar menga: «Pep, unga bir necha daqiqa berish uchun senga yashil chiroq beramiz» yoki shunga o‘xshash narsalarni aytishlari kerak. Bunday holatda men shifokorlarga suyanaman,» – dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Angliya kubogi yarim finalida «Manchester Siti» «Nottingem Forest»ga (27 aprel) qarshi bahs olib boradi. Turnir finali 17 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/