Ispan klubi futbolkalari endi shifoxonalarda!
Ispaniyaning “Valyadolid” klubi butun XXI asrda Ispaniya oliy ligasida eng kam ochko to‘plab, mavsumni juda zaif o‘tkazdi, ammo klub rahbariyati olijanob xayriya tashabbuslari bilan o‘ziga taskin berishga qaror qildi.
Bundan buyon klub futbolkalari «Valyadolid» shifoxonalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va yosh bolalar uchun maxsus libos sifatida foydalaniladi.
Tashabbus 13 may, Ispaniyada Kichik bemorlar kunini nishonlash paytida yo‘lga qo‘yildi, deb xabar beradi ispan nashri AS.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/