«MYU» klubi sobiq darvozaboni ilk bor bosh murabbiylik lavozimiga tayinlandi

Angliyalik mutaxassis Li Grant o‘z faoliyatida ilk bor bosh murabbiylik vazifasini qabul qildi — u «Xaddersfild Taun» klubi bosh murabbiyi bo‘ldi.

Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 42 yoshli angliyalik mutaxassis bilan uch yillik shartnoma imzolangan va u Angliyaning uchinchi divizioni 2025/26 yilgi mavsumiga tayyorgarlikni boshlaydi.

Avvalroq, «Manchester Yunayted»ning sobiq darvozaboni Li Grant Premyer-liga klublaridan birida murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u yana bir sobiq «MYU» futbolchisi — Kiran Makkennaga «Ipsvich Taun»da murabbiy yordamchisi sifatida yordam bergan. Bu murabbiylar shtabi jamoani ikki marta ligada yuqoriga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi — Liga 1dan Chempionshipga, so‘ng Premyer-ligaga.

Futbolchi sifatida Grant 500 dan ortiq o‘yinda ishtirok etgan. U faoliyatini «Manchester Yunayted»da yakunlagan va shu yerda murabbiylik faoliyatini ham boshlagan.

Manba: isport.ua

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter