Palmer: «Ikkinchi bo‘limda tezlikni oshirib, yaxshiroq o‘ynashga harakat qildik»
«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer Konferensiyalar Ligasi finalida «Betis» ustidan qozonilgan g‘alaba (4:1) haqida fikr bildirdi. 23 yoshli angliyalik o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Ikkinchi bo‘limda tezlikni oshirib, yaxshiroq o‘ynashga harakat qildik. To‘p bilan faqat orqaga yoki maydonning ko‘ndalangiga harakat qilish jonimga tegdi. Birinchi gol haqida gapiradigan bo‘lsam, men bo‘shliqni ko‘rdim va Ensoning yugurganini payqadim. Ikkinchi holatda ham xuddi shunday bo‘ldi. O‘ylaymanki, biz yana kuchli xarakter ko‘rsatdik. Kambekimiz buni tasdiqlaydi,» – deya Palmerning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/