Pellegrini: «Katta xato butun o‘yinning borishini o‘zgartirishi mumkin»
«Betis» bosh murabbiyi Manuel Pellegrini «Chelsi»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Konferensiyalar ligasi final o‘yini haqida gapirdi.
«Biz Goliaf bilan jangda o‘zimizni Daviddek ko‘rmayapmiz. G‘alaba qozonish uchun bir xil imkoniyatlarga ega ekanligimizga ishonamiz va birinchi daqiqalardanoq maqsadimizga erishishga harakat qilamiz. Bu yerda jamoalarning byudjeti muhim emas. Bizda katta tajribaga ega futbolchilar bor, o‘zimizga mutlaqo ishonamiz va g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
G‘alaba qozonish uchun biz butun mavsum bo‘lgan jamoa bo‘lib qolishimiz kerak. Biz his-tuyg‘ularimiz bilan kurashishimiz kerak, chunki katta xato butun o‘yinning borishini o‘zgartirishi mumkin» – dedi Pellegrini.
Bugun, 28 iyun kuni (Toshkent vaqti bilan 23:59) «Betis» va «Chelsi» o‘rtasidagi Konferensiyalar ligasi finali bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/