Pellegrini: «Biror futbolchimiz kelsa uning o‘rnini bosadigan o‘yinchi topishimiz qiyin»

«Betis» bosh murabbiyi Manuel Pellegrini qishki transfer oynasi haqida gapirdi.

«Har safar jamoani kuchsizlantirganimizda, o‘sish imkoniyati kamayadi. Bizda ketayotgan futbolchilarning o‘rnini bosadigan salohiyat bo‘lishi kerak. Oldingi yillarda kelgan futbolchilar yaxshi harakat qilishgan. Agar kimdir hozir yoki yanvarda ketsa, klubda pul bo‘lmasa, uning o‘rniga boshqa futbolchi olib kela olmaymiz. Boshqa nom keladi, lekin o‘rnini bosmaydi. Bu iqtisodiy to‘siqni yengib o‘ta olgani jamoaning sharafigadir.

Isko bilan shartnoma imzolash yutuqmi? Iskoning kelishi muhim edi, chunki Kanales ketdi, Fekir esa jarohat oldi. Bizga futbol beradigan odam kerak edi. «Malaga»da bo‘lganimda Isko bilan uchrashish va uni sotib olish baxtiga muyassar bo‘ldim. O‘shanda men uning «Manchester Siti»ga o‘tishini xohlardim, lekin u Madridga o‘tishni xohladi. Moliyaviy masala u yoqda tursin, muhim futbol muammosini hal qilmoqchi edim. U bilan gaplashib, men uni to‘g‘ri odam deb o‘yladim va u buni ta’sirchan o‘yin bilan tasdiqladi», – dedi Pellegrini AS nashriga.

15 turdan keyin “Betis” 25 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. “Real” chempionatda peshqadamlik qilmoqda (38 ochko).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter