«Man Siti» Reynders uchun taklifni 80 million yevrogacha oshirdi

«Manchester Siti» Tidjani Reyndersni 80 million yevroga sotib olishga tayyor.

La Gazzeta dello Sport xabariga ko‘ra, «Milan» rahbariyati futbolchini saqlab qolmoqchi.

Niderlandiya terma jamoasining 26 yoshli yarim himoyachisi o‘tgan mavsum Italiya chempionatida «Milan» safida 37 ta o‘yinda 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Reynders A Seriyaning 2024/25 yilgi mavsumdagi eng yaxshi yarim himoyachisi deb topildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter