FIFA va UEFA may oyida Ispaniya federasiyasiga qarshi sanksiyalarni ko‘rib chiqadi
FIFA va UEFA may oyida Ispaniya Qirollik futbol federasiyasiga qarshi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Marca.com
Bu 13-17 may kunlari Bangkokda bo‘lib o‘tadigan FIFA kongressida sodir bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq FIFA va UEFA Ispaniya jamoalarini xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlashtirishi mumkinligi xabar qilingandi. Bu Ispaniya hukumatining Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi ishlariga aralashuvi bilan bog‘liq.
Shu sababdan Ispaniya terma jamoasi Yevro-2024’da ishtirok etmasligi, ispan klublari esa kelasi mavsumda yevrokuboklarni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/