«Inter» Indzagini olib qolish yo‘lini topdi
Milanning «Inter» klubi «PSJ» bilan Chempionlar Ligasi finalidan keyin Simone Indzagi bilan hamkorlikni davom ettirishni istamoqda.
Turli manbalarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanguniga qadar italiyalik mutaxassisni o‘z jamoasiga murabbiy qilib tayinlashga umid qilmoqda. La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, «Inter»ning harakat rejasi bor: «neradzurrilar» rahbariyati murabbiyga 2027 yilgacha bir yillik shartnoma va yiliga 7-8 mln yevro maosh taklif qiladi. Bundan tashqari, kelishuvda katta bonuslar ko‘rsatiladi, shuningdek, mutaxassisga kelasi yozda yangi hujumchi transferi uchun taxminan 40 million yevro beriladi.
Indzagining «Inter» bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/