Amorim Shouning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim chap qanot himoyachisi Lyuk Shouning ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Joriy mavsumda angliyalik futbolchi o‘yindan ko‘ra ko‘proq jarohatlarini davolagan, shu bois uning klubdagi kelajagi jiddiy so‘roq ostida qolmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, Shou Amorimning rejalariga mos kelmaydi. Lateralning o‘zi ham yaqin transferlar oynasida ketishga tayyor.

Lyuk Shouning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining narxi 16 mln yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda Shou «Yunayted»ning barcha musobaqalardagi 12 ta o‘yinida ishtirok etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter