Shouning «Atletik» o‘yinida ishtirok etishi shubha ostida

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim himoyachi Lyuk Shouning «Atletik Bilbao»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. 1-may kuni Yevropa Ligasining birinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Jarohatlari tufayli maydonga tusha olmagan Shou uzoq vaqtdan beri ilk bor kecha jamoasining Premyer-liga doirasidagi «Bornmut»ga qarshi o‘yinida (1:1) maydonga tushdi.

«U maydonning so‘nggi uchdan bir qismida qanday o‘ynashni biladi, u ajoyib uzatmaga ega. Shuning uchun bizga Lyuk Shou kerak. Balki u tarkibda «Atletik»ga qarshi o‘yinda bo‘lar, lekin asosiy tarkibda emas. U bilan ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak», – dedi Amorim klub matbuot xizmatiga.

Umuman olganda, Shou joriy mavsumda barcha turnirlarda 6 ta o‘yin o‘tkazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter