«Barsa»ning 18 yoshli tarbiyalanuvchisi Germaniya klubiga o‘tishi kutilmoqda
«Barselona» yoshlar jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Noa Darvich faoliyatini vatani Germaniyada davom ettirishi kutilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi uchun «Shtutgart» 3 million yevro to‘lashga tayyor. Shuningdek, «Bayer» ham iqtidorli futbolchini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Transfermarkt hozirda Darvichning narxini 2 million yevroga baholangan. U o‘tgan mavsumda umumiy 25 ta o‘yinda 2 ta assist bergan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/