Sane Germaniya terma jamoasiga chaqiriladi
«Bavariya»ning hujumkor yarim himoyachisi Leroy Sane Millatlar ligasining yakuniy o‘yinlariga jalb etiladi, deya xabar bermoqda BILD.
Manbaga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann futbolchini hal qiluvchi o‘yinlar uchun terma jamoa tarkibiga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, Sane 2025 yilning yozida «Bavariya»ni tark etishi mumkin. 29 yoshli nemisning shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan va uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar cho‘zilib ketgan.
Ushbu mavsumda vinger klub miqyosida 45 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/