Son: «Olti yil oldin men professional sifatida ilk finalimni o‘tkazdim»
«Tottenxem» futbolchisi Son Xyon Min Yevropa ligasi finali oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bo‘lajak final haqidagi fikrlarini bildirdi.
«Olti yil oldin men professional sifatida ilk finalimni o‘tkazdim. Men juda asabiy va xavotirda edim. Olti yil o‘tdi, kamolotga erishdim, tajriba to‘pladim. Mening rolim o‘zgardi: endi men sardordan, yetakchiman. Mening orzum – qolgan yigitlar bilan kubokni ko‘tarib, tarixga kirish» – dedi Son Xyon Min UYEFA rasmiy saytiga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/