«Sevilya» bosh murabbiyi hakamlarga: «Sizlar futbolni buzyapsizlar»
«Sevilya» murabbiyi «Real»ga qarshi o‘yinda hakamlar futbolni buzayotganini aytdi.
«Sevilya» o‘z maydonida La Liganing 37-turida «Madrid»ga yutqazib qo‘ydi (0:2).
Uchrashuvning 12-daqiqasida «qaymoqranglilar» forvardi Kilian Mbappe darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq himoyachi Loik Bade so‘nggi umid folini amalga oshirdi. Bosh hakam Mateo Buskets VAR’da ofsayd bor-yo‘qligini tekshirgach, Badeni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazoladi.
Hakamlar tekshiruvi vaqtida Xoakin Kaparros «Sevilya» murabbiylar o‘rindig‘ida takroriy lavhani o‘rganib chiqishga ulgurdi. Shundan so‘ng u hakamlarni tanqid qildi.
«Sizlar futbolni buzyapsizlar, bu futbol emas,» – deb qichqirdi mezbonlar ustozi laynsmenga, deya xabar bermoqda Movistar muxbiri Edu Agirre.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/