Slot Trent bilan bog‘liq vaziyatga chalg‘imaslik kerakligini aytdi
Arne Slot Trentning «Liverpul»dan ketishi chempionlikni nishonlashga ta’sir qiladimi, degan savolga javob berdi.
Avvalroq, «qizillar» tarbiyalanuvchisi Aleksandr-Arnold mavsum yakunida klubni tark etishini ma’lum qilgandi. Himoyachi «Real»ga o‘tishi kerak.
«Biz muxlislarimizning ham ijobiy, ham salbiy reaksiyasini oldik. Bu haqda barcha ekspertlar va butun mamlakat gapirdi.
Premyer-ligada g‘alaba qozonganimizga e’tibor qaratish va bu tuyg‘udan zavqlanishning ayni vaqti. Chalg‘imaslik va Trent bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirmaslik kerak,» – dedi «Liverpul» bosh murabbiyi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/