Slot chempionlikdan keyin «Liverpul»da motivasiya bilan bog‘liq qiyinchiliklar haqida gapirdi
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgach, mavsumning so‘nggi haftalarida futbolchilarni rag‘batlantirish qiyinligini tan oldi.
«Chempionatda g‘olib chiqqan jamoa ketma-ket shuncha kun mashg‘ulot o‘tkazishi ancha qiyin. Dam olish kunlari va keyingi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik o‘rtasida muvozanatni topish kerak,» – dedi Slot APLning 37-turidan o‘rin olgan «Brayton»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/