Rummenigge Lautaroning «Inter»dagi shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi
«Bavariya»ning sobiq futbolchisi va direktorlar kengashi a’zosi Karl-Xayns Rummenigge «Inter»dagi vaziyat haqida gapirdi.
«A Seriyani muddatidan avval yutgan va ikkinchi yulduzini qo‘lga kiritgan «Inter»ni tabriklash kerak. Bu jamoada yaxshi o‘yinchilar ko‘p, lekin menga Lautaro doim yoqardi. U muhim rol o‘ynaydi. Ishonchim komilki, mening do‘stim Beppe Marotta oxir-oqibat shartnomasini uzaytira oladi», – dedi Rummenigge Sky Sport nashriga.
Lautaro Martinesning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Ushbu mavsumda argentinalik futbolchi A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi va liganing eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/