Liga 1. «Monako» «Lion»ni mag‘lub etdi va YECHL yo‘llanmasini naqd qildi

«Monako» o‘z maydonida Fransiya chempionatining 33-turida «Lion»ni mag‘lub etdi – 2:0.

Mezbonlar safida Takumi Minamino va Denis Zakariya bittadan gol urdi.

«Monako» 61 ochko bilan chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va 2025/26 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. «Lion» 54 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter