Rim «Masters». Karlos Alkaraz uchinchi davraga chiqdi
Italiya poytaxti Rim shahrida tennis bo‘yicha «Masters» seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaraz ortiqcha qiyinchiliksiz Internazionali BNL d’Italia turnirining uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Ispaniyalik tennischi 1/32 final bahsida ATP reytingida 131-pog‘onada borayotgan serbiyalik Dushan Layovichni ikki setda ham bir xil hisobda mag‘lub etdi – 6/3, 6/3.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/