Angliya chempionati. «Lester» «Sautgempton»ni mag‘lub etdi va 12 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasini yakunladi
«Lester» o‘z uyida APL 35-turidan o‘rin olgan bahsda «Sautgempton»ni mag‘lub etdi – 2:0.
Mezbonlar safida Jeymi Vardi va Jordan Ayyu gol muallifi bo‘ldi.
«Lester» 12 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga barham berdi, jamoa APL turnir jadvalida 21 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda. «Sautgempton» 11 ochko bilan so‘nggi 20-pog‘onada bormoqda. Ikki klub ham mavsum yakunlariga ko‘ra Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qolish imkoniyatidan allaqachon mahrum bo‘lgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/