Italiya chempionati. «Inter» o‘z maydonida «Kalyari»ni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi

«Inter» o‘z maydonida A Seriya 32-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Kalyari«ni mag‘lub etdi – 3:1.

Mezbonlar safida Lautaro Martines, Yann Bissek va Marko Arnautovich o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar orasida Roberto Pikkoli ajralib turdi.

«Inter» ochkolarini 71 taga yetkazib, Italiya chempionati turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. «Kalyari» 30 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter