Yamal nega goldan so‘ng 304 raqamini ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi

«Barselona» vingeri Lamin Yamal ko‘pincha gol urganidan so‘ng uni 304 sonini ko‘rsatgan holda nishonlaydi. Jurnalistlar undan buning ma’nosini so‘rashdi.

— 304 raqami nimani anglatadi?

— Bu men kelgan joy – Rokafonda mahallasining pochta kodi oxiri. Bu hudud turli madaniyatli odamlar yashaydigan joy, har xil kelib chiqishga ega insonlar bor, shuning uchun bu raqam biz uchun oddiy raqamdan ko‘ra muhimroq.

Gol urganimda, o‘ylaydigan ilk narsalardan biri – shu raqam bilan nishonlash bo‘ladi. Qiyin paytlarimda esa oilam, mahallam va sevadigan hamma narsamni eslayman. Bu meni baxtli qiladi», – dedi 17 yoshli ispaniyalik futbolchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter