Zeedorf: “Indzagi Yevropaning eng yaxshi murabbiylaridan biri”
«Milan» va «Real» kabi klublarning sobiq yarim himoyachisi Klarens Zeedorf Simone Indzagining «Inter» boshqaruvidagi faoliyatini yuqori baholamoqda. Jamoaning Chempionlar Ligasi yarim finalida «Barselona»ga qarshi o‘yini unda katta taassurot qoldirdi.
«U allaqachon shakllanib bo‘lgan murabbiy, hozirda u Yevropaning eng yaxshi murabbiylaridan biri. So‘nggi to‘rt yil davomida «Inter» doimiy ravishda muhim o‘yinlar o‘tkazib kelmoqda – Chempionlar Ligasida ham, chempionatda ham. Hammasi juda yaxshi, Indzagi maksimal darajada jamoani yaxshi boshqarmoqda,» – deya Zeedorfning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/