Rafael van der Vart: «Arsenal» chempionlik uchun kurashishiga ishonmayman»

Rafael van der Vart «Arsenal»ni AZ bilan taqqosladi.

«Men «Arsenal»ning chempionlik uchun kurashishiga ishonmayman. Ular yaxshi jamoa, lekin menimcha, ular AZ kabi. Yoshlar jamoasi kabi», – dedi Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

«Arsenal» APL turnir jadvalida 34-turdan keyin 67 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va «Liverpul»dan 15 ochko ortda qolmoqda. Londonliklar bu mavsumda chempionlik uchun imkoniyatni boy berishdi.

«Kanonirlar» 2004 yildan beri Angliya chempioni bo‘lishmayapti. AZ ikki marta Niderlandiya chempionligini qo‘lga kiritgan – 1981 va 2009 yillarda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter