Flik «Barselona»ni tark etgach, murabbiylik faoliyatini yakunlashi mumkin

«Barselona» Xansi Flikning so‘nggi klubiga aylanishi mumkin.

Mundo Deportivo ta’kidlaganidek, «blaugrana» bosh murabbiyi yana ko‘p yillar ishlash niyati yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, nemis murabbiyi «Barselona»dan ketganidan keyin faoliyatini yakunlashini istisno etmayapti.

Yaqin orada Flik klub bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytiradi. Hozir «Bavariya» va Germaniya terma jamoasining sobiq murabbiyi 60 yoshda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter