«Al-Hilol» superto‘purar bilan muzokaralarni boshladi
«Al-Hilol» «Napoli» hujumchisi Viktor Osimxen transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.
Mavsum oxirigacha futbolchi «Galatasaroy»da ijara asosida o‘ynaydi.
Osimxenning «Napoli» bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. U «Lill»dan 78,9 million yevro evaziga o‘tganidan keyin 2020 yilning sentyabr oyidan beri neapolliklar klubida o‘ynamoqda.
Viktor joriy mavsum «Galatasaroy» safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/