«Inter» 2017 yildan beri birinchi marta ketma-ket uchta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

“Inter” yetti yildan ko‘proq vaqt davomida ketma-ket uch marta mag‘lub bo‘lmagan edi.

Simone Indzagi shogirdlari bugun A Seriyaning 34-turida “Roma”ga (0:1) imkoniyatni boy berishdi. Bungacha “neradzurrilar” Italiya kubogida “Milan”ga (0:3), chempionatda “Bolonya”ga (0:1) imkoniyatni boy bergandi.

Oxirgi marta “Inter” 2017 yilning dekabrida uch o‘yindan iborat mag‘lubiyatga uchragan edi.

Italiyaning amaldagi chempionining navbatdagi raqibi «Barselona» bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter