Amorim Osimxenni asosiy transfer maqsadiga aylantiradi
«Galatasaroy»da ijara asosida o‘ynayotgan «Napoli» hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim Osimxenni yozdagi asosiy transfer maqsadiga aylantirdi, deya xabar beradi Mirror. Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar»ning kelishuvga erishish imkoniyati juda yaxshi, chunki «Chelsi» Osimxen uchun kurashdan chiqib ketgan.
26 yoshli nigeriyalik joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 35ta o‘yinda maydonga tushib, 30ta gol urdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/