Evra Suaresni jangga chorladi

Patris Evra MMAda Luis Suaresga qarshi jang qilishni xohlashini aytib, hazillashdi.

Bugun ma’lum bo‘ldiki, «Manchester Yunayted» va Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi 23 may kuni bo‘lib o‘tadigan PFL Paris turnirida MMA bo‘yicha debyut qiladi.

Raqib nomi va vazn toifasi keyinroq ma’lum qilinadi.

«Men PFL Europe’dagi ilk jangim uchun rasman mashg‘ulotlarni boshlayapman. Ular menga raqib tanlashadi…

Qafasga kim bilan kirmoqchi ekanimni so‘rashdi. Men: “Luis Suares”, dedim.

Men o‘z cho‘ntagimdan pul to‘layman. Agar u meni tishlasa ham – qarshi emasman”, — deb yozgan Evra.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter