«Manchester Yunayted» ispaniyalik darvozabon uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda

«Espanyol» darvozaboni Xoan Garsiya «Manchester Yunayted» short-listiga kiritilgan.

El Partidazo de COPE nashriga ma’lum bo‘lishicha, «qizil iblislar» rahbariyati 23 yoshli posbonning vakillari bilan aloqaga chiqqan. Tez orada ingliz grandi futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Garsiya Ispaniya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol o‘tkazib yubordi va 7 marta o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter