«Arsenal» «Nyukasl» yarim himoyachisini short-listiga kiritdi

Londonning «Arsenal» klubi «Nyukasl» tayanch yarim himoyachisi Bruno Gimaraesni yozda sotib olinishi mumkin bo‘lgan futbolchilar short-listiga kiritdi, deya xabar berdi Aleks Kruk.

Manbaga ko‘ra, «qarg‘alar» 27 yoshli braziliyalik futbolchisini «sotilmaydiganlar» ro‘yxatiga kiritgan va u uchun katta pul so‘raydi.

Gimaraes hozirda Transfermarkt portalida 80 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter