Xadson-Odoiga APL va A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda

«Nottingem Forest» vingeri Kallum Xadson-Odoiga Premyer-liga va A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda.

Xadson-Odoi 2023 yil sentyabrida “Chelsi”dan o‘tganidan beri «Nottingem Forest»da o‘ynamoqda, Kallumning shartnomasi tugashiga hozircha bir yil qolgan.

Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, «Forest» allaqachon Xadson-Odoi vakillari bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va «o‘rmonchilar» Kallumni yozda sotishlari mumkin.

24 yoshli angliyalik futbolchiga «Roma», «Napoli» va Premyer-liganing nomi aytilmagan ikkita klubi qiziqish bildirmoqda.

Xadson-Odoi hozirda bor e’tiborini mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan, ammo Kallum hech kimga eshikni yopmayapti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter