«Chelsi» hujumchisi uchun kurashda «Nottingem Forest» favorit

«Chelsi» futbolchisi Kallum Xadson-Odoi APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin.

TeamTalk ma’lumotlariga ko‘ra, «Nottingem Forest» «ko‘klar» hujumchisini qo‘lga kiritish uchun favorit bo‘lib, vinger uchun kurashda «Fulxem» va «Everton»dan oldinda. Mumkin bo‘lgan kelishuv shartlari oshkor etilmagan, biroq avvalroq «Chelsi» rahbariyati o‘z tarbiyalanuvchisini sakkiz million yevroga qo‘yib yuborishga tayyorligi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Xadson-Odoi o‘tgan mavsumni Leverkuzenning «Bayer» klubida ijarada o‘tkazgan va Bundesliganing 14 o‘yinida atigi bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter