«Nyukasl» bosh murabbiyi kasallikdan tuzaldi

«Magpilar» bosh murabbiyi Eddi Xauning kasallikdan qaytganini tasdiqladi. Ingliz mutaxassisi yana o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.

«Nyukasl Yunayted» Eddi Xauning klub mashg‘ulotlar markazidagi vazifasiga qaytganini tasdiqlashdan mamnun.

Eddi yaqinda pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizilgan va endi tuzalib ketganidan so‘ng ishga qaytdi», – deyiladi klub xabarida.

Eddi Xau 11 aprel kuni pnevmoniya tufayli kasalxonaga yotqizilgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter