«Milan» yetakchisi jamoaning muvaffaqiyatiga ishonmoqda

«Milan» yarim himoyachisi Tidjani Reynders Italiya kubogi yarim final javob o‘yinida «Inter» mag‘lub etilganidan (3:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Chempionatdagi muammolarimiz tufayli Kubokda g‘alaba qozonish Yevropaga chiqishning eng yaxshi usuli. Finalda ham bugungidek o‘ynasak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Muvaffaqiyatimizga ishonamiz!» – deya niderlandiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter