«Shaxtyor» Mudrikning transferidan keladigan 30 million yevrosiz qolishi mumkin
«Shaxtyor» doping tufayli Mixail Mudrikning transferidan keladigan daromadning bir qismidan mahrum bo‘lishi mumkin.
2024 yil dekabr oyida ukrainalik yarim himoyachi ijobiy doping testi topshirgani ma’lum bo‘ldi. Futbolchining o‘zi dopingga qarshi qoidalarni ongli ravishda buzmaganini aytdi. Ta’kidlanishicha, Mixailga terma jamoadagi sigirning ildiz hujayralari in’eksiya qilingan, ularda meldoniy bo‘lishi mumkin. Hozirda u vaqtincha futboldan chetlatilgan.
«Shaxtyor»ning shaxsiy manfaati bor. Uning «Chelsi»ga o‘tishi uning o‘yinlari uchun bonuslar bilan bog‘liq. Agar u maydonga tushmasa, bu biz uchun muammo tug‘diradi, chunki biz 30 million yevroni yo‘qotishimiz mumkin.
Demak, «Shaxtyor,» «Chelsi» va Mudrik – bir kemadamiz. Biz hammamiz Mudrikni qo‘llab-quvvatlaymiz va umid qilamizki, tez orada unga futbol o‘ynashni davom ettirishga ruxsat beriladi,» – dedi Donesk klubi bosh direktori Sergey Palkin GiveMeSport nashriga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/