«Benfika» Nunyes uchun bonus olmasligi mumkin
“Liverpul” hujumchisi Portugaliya chempionati yetakchilaridan birini 5 million yevrodan mahrum qilishi mumkin. «Benfika» hujumchi Darvin Nunyes uchun qo‘shimcha pul olmasligi xavfi bor.
Transfer vaqtida klublar bonuslar shartlarini muhokama qilishgan. Shulardan biri hujumchining “Liverpul” tarkibida chempionatning 25 o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushishi bo‘ldi. Hujumchida hozirda 24 ta o‘yin bor.
Agar murabbiy Arne Slot Nunyesni o‘yinga tushirsa, «Benfika» yana 5 million yevro oladi. Bu holatda transfer summasi 80 million yevroni tashkil qiladi.
Nunyes “Liverpul” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/