Elliott: «Nunyes o‘zi xohlagan tarzda gol urishi mumkin»

«Liverpul» yarim himoyachisi Xarvi Elliott jamoadoshi, urugvaylik hujumchi Darvin Nunyes haqida gapirdi.

“Darvin o‘zi xohlagan tarzda, tanasining istalgan qismi bilan gol urishi mumkin! Bosh, chap yoki o‘ng oyoq, tizza, yelka. U bu mavsumda jamoaga ko‘p narsalarni olib keladigan ajoyib futbolchi. Hujumchilarni to‘p bilan ta’minlashi kerak bo‘lgan shaxs sifatida men uning qayerda bo‘lishini bilaman. Nunyes har doim gol urishni istaydi», – deya Elliottning so‘zlarini keltiradi «Liverpul» rasmiy sayti.

Joriy mavsumda 24 yoshli Darvin Nunyes Angliya premyer-ligasida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter