«Borussiya D» yarim himoyachisi klubini o‘zgartirishi mumkin

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Yulian Brandt boshqa nemis klubiga o‘tishi mumkin. Insayder Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, xavbekni Bremenning «Verder» klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Yozgi transfer oynasida Brandtning transferi amalga oshishi mumkin. Yarim himoyachining yuqori maoshi asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin.

Yulian 2019 yildan beri «Borussiya» sharafini himoya qilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter