A Seriyasi Rim Papasining vafoti tufayli qoldirilgan o‘yinlarning yangi sanasini e’lon qildi

A Seriyasi Rim Papasi Fransiskning vafoti tufayli qoldirilgan milliy chempionatning 33-turidan o‘rin olgan o‘yinlarning yangi sanasiga aniqlik kiritdi.

Liga matbuot xizmati xabar berishicha, bugunga rejalashtirilgan o‘yinlar 23 aprel, chorshanba  kuni bo‘lib o‘tadi.

Bu kuni to‘rtta o‘yin bo‘lib o‘tadi: «Kalyari» – «Fiorentina», «Jenoa» – «Lasio», «Parma» – «Yuventus» va «Torino» – «Udineze». Barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Qayd etamiz, 23 aprel kuni Italiya kubogi yarim finalining javob o‘yini «Inter» – «Milan» ham bo‘lib o‘tadi, u Toshkent vaqti bilan soat 00:00ga rejalashtirilgan. Milan jamoalarining birinchi uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlangan edi.

Manba: isport.ua

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter