«Real» futbolchilari «Valensiya» bilan qoldirilgan o‘yinni 3 yanvar kuni o‘tkazishmoqchi
Xabaringiz bor, La Liga 12-turidan o‘rin olgan «Valensiya» – «Real» uchrashuvi kuchli suv toshqini sabab qoldirilgan edi.
«COPE» xabariga ko‘ra, madridlik futbolchilar ushbu qoldirilgan o‘yinini 3 yanvar kuni o‘tkazish tarafdori.
«Los-Blankos» futbolchilari Ispaniya kubogi 1/16 o‘yinini 6 yanvarga va Ispaniya Superkubogiga mezbonlik qiladigan Saudiya Arabistoniga safarni 7 yanvarga ko‘chirishga rozi bo‘lishadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/