Anri «Liverpul» hujumchisi Salohning o‘yinini yuqori baholadi
Fransiya terma jamoasi va Londonning “Arsenal” klubi sobiq hujumchisi Tyerri Anri “Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Salohning joriy mavsumdagi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Futbolchi ko‘p gol ursa, bu ajoyib. Muhammad doimo o‘sishga intilardi. Bunchalik yuqori darajaga erishgan futbolchilar ko‘p emas», – deydi fransiyalik futbolchi.
Saloh joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda. 32 yoshli hujumchi 27 ta gol urgan. Uning hisobida 18 ta golli uzatma ham bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/