Ronaldu joriy mavsumda 26 ta o‘yinda 23 ta gol urdi
Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 27-turidan o‘rin olgan «Ar-Riyod»ga qarshi o‘yinda (2:1) ikkita gol urgan 40 yoshli «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu turnir to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamlikni mustahkamladi. Portugaliyalik forvard 26 uchrashuvda 23 ta gol urdi.
Saudiya Arabistoni chempionati to‘purarlari ro‘yxatida «Ash-SHabab» hujumchisi Abderrazzak Hamdalloh 14 o‘yinda 19 ta gol urgan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikni «Al-Ittihod» hujumchisi Karim Benzema 15 uchrashuvda 17 ta gol bilan yakunlab turibdi.
Umuman olganda, Ronaldu joriy mavsumda barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/